date

Olis qishloqdagi ayolga 21 million rublni ko‘chadagi mushukcha olib keldi

Olis qishloqdagi ayolga 21 million rublni ko‘chadagi mushukcha olib keldi
Tyumen viloyatida yashovchi rossiyalik ayol lotereya o‘yinida kutilmaganda 21 million rubl yutib oldi. Qizig‘i shundaki, u bu omadini ko‘chadan topgan oddiy bir mushukcha bilan bog‘lamoqda, deb yozadi Pravilamag.ru.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u mutlaqo tasodifan ikki dona lotereya chiptasi sotib olgan va yutish haqida hech qanday umid qilmagan. Ammo g‘alaba xabarini olgan kunning o‘zida u ko‘cha chetida tashlab ketilgan mushukchalarga to‘la karton qutisini ko‘rib qoladi. Ushbu mushukchalardan faqat bittasini ushlashga muvaffaq bo‘ladi va o‘z uyiga olib ketadi.

Mushukchaning tusi — qizg‘ish (ya’ni rijiy), bu esa rus xalq e’tiqodida omad va baraka ramzi sifatida qaraladi. Ayolga ko‘ra, ushbu yangi “mehmon” uning hayotiga omad olib kirgan. Shu bois, u mushukchaga “Fart” (omad) deb ism qo‘ygan.

«Yangi jonzot — ayniqsa qizg‘ish tusi bilan — uning xonadonga omad olib kelgan», — deyiladi lotereya tashkilotchilari xabarida.

Qo‘lga kiritilgan katta miqdordagi mablag‘ni qayerga sarflash borasida ayol hozircha aniq qarorga kelmagan. Biroq ehtimoliy variant sifatida u ehson va xayriya ishlarini tilga olgan.

Bu voqea Rossiyadagi birinchi ajablanarli omad emas. Yaqinda Chelyabinsk shahridagi bir erkak ham ayolning tushida ko‘rgan qizg‘ish o‘rgimchakdan so‘ng 100 million rubl yutgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olis qishloqdagi ayolga 21 million rublni ko‘chadagi mushukcha olib keldi