
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an turk sun’iy yo‘ldoshi Göktürk-1’ning uchirilishini kuzatishga qaror qildi, deb xabar bermoqda Kun nashri.
Ta’kidlanishicha, sun’iy yo‘ldosh 5 dekabrda uchiriladi. U Fransuz Gvianasidagi Kuru kosmodromidan uchiriladi.
Erdo‘g‘an sun’iy yo‘ldosh uchirilishini videoanjuman tartibida kuzatadi.
Göktürk-1 Turkiya qurolli kuchlarini Er sirtining yuqori sifatli suratlari bilan ta’minlaydi.
Sun’iy yo‘ldoshning Er atrofida aylanishi davri 90 daqiqani tashkil qiladi. Fransiyada ishlab chiqarilgan sun’iy yo‘ldosh Erga yiliga 60 mingdan ko‘proq surat yuboradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar