date

Moskva yaqinida muhojirlarga qarshi kuchli reyd o‘tkazildi (video)

Moskva yaqinida muhojirlarga qarshi kuchli reyd o‘tkazildi (video)
Rossiyada migratsiya qonunlari ustidan nazorat yanada kuchaytirildi. Bu safar xavfsizlik kuchlari Moskva yaqinida joylashgan Balashixa shahrida keng qamrovli reyd uyushtirdi. Hujjatlarga muvofiq yashamagan shaxslar, omborxonalar va ishlab chiqarish obyektlaridagi muhojirlar asosiy nishonga olindi, deb xabar berdi Rossiya gvardiyasi matbuot xizmati.

Tergov qo‘mitasi, harbiy komissariat, hududiy xavfsizlik idorasi, FSB va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda Rossiya gvardiyasining “Avangard” maxsus OMON bo‘linmasi reydni amalga oshirdi. Bu tadbir nafaqat fuqarolik statusini aniqlash, balki xavfsizlikni ta’minlash maqsadini ham ko‘zladi.

"Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining Balashixa garnizoni bo‘yicha harbiy tergov boshqarmasi, harbiy komissariyat, hududiy xavfsizlik boshqarmasi, shuningdek, Moskva va Moskva viloyati bo‘yicha UFSB xodimlari Rossiya Gvardiyasi Bosh boshqarmasining "Avangard" OMON kuch ko‘magida reydda ishtirok etdilar. shahar okrugi omborlari va ishlab chiqarish obyektlarida tekshirildi”, — deyiladi Rossiya gvardiyasi matbuot xizmati xabarida.

Tekshiruvlar chog‘ida 150 nafar noqonuniy muhojir aniqlandi. Ular Rossiyada vaqtincha yoki doimiy yashash huquqiga ega bo‘lmagan holda, turli obyektlarda ish faoliyati olib borishgan. Aniqlangan shaxslar ichki ishlar organlariga topshirilib, huquqiy baho berish va zarur choralar ko‘rish uchun tegishli vakolatli organlar tomonidan rasmiy tekshiruv boshlandi.

Mutaxassislar fikricha, bunday keng ko‘lamli reydlar Rossiya hududida qonuniy muhojirlarni ajratib olish, noqonuniy faoliyatni oldini olish va mehnat bozorini sog‘lomlashtirishga xizmat qiladi. Xususan, xavfsizlik nuqtayi nazaridan ham bu tekshiruvlar alohida ahamiyat kasb etadi.

Ayni vaqtda ushbu tekshiruv natijalari asosida qonun buzgan muhojirlarga nisbatan deportatsiya, jarima yoki boshqa ma’muriy choralar qo‘llanilishi mumkin. Shu bilan birga, reyd davomida faoliyat yuritayotgan ayrim korxonalar ham qonunbuzarlik holatida ekani aniqlangan va ularga nisbatan ham huquqiy choralar ko‘riladi.

Mavjud ma’lumotlarga qaraganda, bunday reydlar Rossiyaning boshqa hududlarida ham davom ettirilishi rejalashtirilmoqda. Mamlakat rasmiylari noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishda qat’iy pozitsiyani ushlab turibdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskva yaqinida muhojirlarga qarshi kuchli reyd o‘tkazildi (video)