
Qatarning Al Jazeera telekanali xabariga ko‘ra, Isroilning G‘azo sektoridagi harbiy harakatlari juda katta inson yo‘qotishlariga olib kelmoqda. G‘azodagi Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, 2023 yil 7 oktyabrdan buyon halok bo‘lgan falastinliklar soni 58 026 nafarga yetdi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlarning yarmidan ortig‘i ayollar va yosh bolalar hisoblanadi. Harbiy harakatlar faqat harbiy maqsadlarni emas, balki tinch aholi hayotini ham izdan chiqarmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi yana shundan iboratki, 138 500 nafardan ziyod fuqaro turli tan jarohatlari bilan shifoxonalarga yetkazilgan. Mazkur raqamlar janglar qanchalik og‘ir oqibatlarga sabab bo‘layotganini ko‘rsatadi.
Inson huquqlarini himoya qiluvchi xalqaro tashkilotlar va faollar bu fojiaga nisbatan zudlik bilan munosabat bildirish va G‘azoga gumanitar yordam ko‘rsatish zarurligini ta’kidlashmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar