date

Brawl Stars'dagi tahdid: bola va otasi tergovda

Brawl Stars'dagi tahdid: bola va otasi tergovda
Sankt-Peterburgda yashovchi 14 yoshli o‘spirin Brawl Stars o‘yinidagi tortishuvi sabab mahalliy politsiyaga olib borildi. U bilan birga uning otasi ham so‘roq qilindi. Bu voqea haqida Interpol orqali Rossiya huquq-tartibot organlariga ma’lum qilingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bola o‘yin chog‘ida boshqa ishtirokchilarni haqorat qilgan va ularga nisbatan “qurol olib jazolayman” deya tahdid qilgan. Interpol bu holatni jiddiy qabul qilib, chat yozishmalarining skrinshotlarini Rossiya politsiyasiga yuborgan.

Yosh geymer so‘roq paytida haqoratlar haqiqatan sodir bo‘lganini tasdiqladi va bu qilmishi uchun uzr so‘radi. Uning so‘zlariga ko‘ra, gap virtual qurol haqida ketgan — aslida o‘yinda qurol xarid qilish imkoni yo‘q.

Mojaro paytida suhbat diniy mavzularga ham urilishgani aytiladi. Hozirda mazkur ish yuzasidan tergov jarayonlari davom etmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Brawl Stars'dagi tahdid: bola va otasi tergovda