
G‘azo sektoridagi ziddiyatlar davom etmoqda. Jabalya shahri yaqinida ro‘y bergan kuchli portlash oqibatida Isroil armiyasining uch nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi. Bu haqda The Times of Israel nashri ma’lum qildi.
Yo‘qotilganlar — shtab-serjant Shoham Menaxem (21 yosh), serjant Shlomo Yakir Shrem (20 yosh) va serjant Yuli Faktor (19 yosh) bo‘lib, ular 401-zirhli brigadasiga qarashli 52-batalyon askarlari ekani aniqlangan.
Isroil mudofaa kuchlari tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, ushbu askarlar portlash vaqtida Jabalya shahridagi harbiy harakatlarda qatnashgan va shikastlangan tank ichida bo‘lishgan.
Fojia natijasida yana bir zobit og‘ir jarohat olib, shifoxonaga joylashtirilgani bildirildi. Hozirda hodisaning aniq sabablari yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Mudofaa idoralari hozirda Janubiy G‘azodagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Tahlilchilarning ta’kidlashicha, harbiy harakatlar yanada kuchayishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar