date

Ukrainada katta siyosiy rotatsiya: Shmigal mudofaa vaziri bo‘ladi

Ukrainada katta siyosiy rotatsiya: Shmigal mudofaa vaziri bo‘ladi
Denis Shmigal va Rustem Umerov.
Foto: Apostrof / Exo Kavkaza

Ukrainada yaqin kunlarda yuz berishi kutilgan yuqori darajadagi siyosiy o‘zgarishlar katta e’tiborni tortmoqda. Prezident Vladimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, amaldagi bosh vazir Denis Shmigal iste’foga chiqib, mamlakat mudofaa vaziri lavozimini egallashi kutilayapti.

Zelenskiy bu qarorni izohlar ekan, quyidagilarni ta’kidladi:

«Denis Shmigalning ulkan tajribasi Ukraina mudofaa vaziri maqomida foyda keltiradi. Bu sohada hozir mamlakatning barcha resurslari, vazifalari va mas’uliyatlari jamlangan.»

Ushbu siyosiy rokirovkaning yana bir muhim jihati shundaki, Shmigalning o‘rnini uning birinchi o‘rinbosari — Yuliya Sviridenkova egallashi kutilmoqda. Agar bu tasdiqlansa, u Ukraina tarixida bosh vazirlikka tayinlangan ilk ayollardan biri bo‘ladi.

Ayni paytda mudofaa vaziri vazifasini bajarayotgan Rustem Umerov esa AQSHda elchi sifatida faoliyat olib borishi rejalashtirilmoqda. Ushbu tayinlov Ukraina–AQSH munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan siyosiy qadam sifatida baholanmoqda.

Bu o‘zgarishlar Ukraina rahbariyatining jang holatidagi davlatni samarali boshqarish, tashqi siyosat va mudofaa tizimini yanada takomillashtirishga bo‘lgan intilishini ko‘rsatadi. Yaqin kunlarda mazkur tayinlovlar rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainada katta siyosiy rotatsiya: Shmigal mudofaa vaziri bo‘ladi