date

Eron prezidentini “suvli benzin” tufayli taksiga o‘tirishga majbur qilgan holat

Eron prezidentini “suvli benzin” tufayli taksiga o‘tirishga majbur qilgan holat
Eronda kutilmagan voqea jamoatchilik muhokamasini qo‘zg‘adi: mamlakat prezidenti Mas’ud Pizishkiyon Tabariz shahriga xizmat safari paytida kortejidagi uchta avtomobil bir paytda to‘xtab qolgani sababli, yo‘lini davom ettirish uchun taksi chaqirishga majbur bo‘ldi, deb xabar berdi nasrnews.ir.

Ma’lum bo‘lishicha, prezidentning avtomashinalariga yo‘ldagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida suv aralashtirilgan benzin quyilgan. Bu haqda prezidentning maxsus inspektori Mustafo Movlaviy ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sifatsiz yoqilg‘i oqibatida prezidentning korteji Qazvin viloyati hududida yo‘lda qolib ketgan va bu favqulodda holat bo‘lib, prezident hech qanday rasmiy surishtiruv talab qilmagan.

Mustafo Movlaviy ta’kidlashicha, bu kabi holatlarni faqat rasmiy shaxslar emas, balki har qanday oddiy fuqaro boshidan kechirishi mumkin. Yo‘ldagi sifatsiz benzin muammosi mamlakatdagi transport tizimi uchun jiddiy xavotirli masala ekanini yana bir bor ochiq ko‘rsatdi.

Prezidentning “suvli benzin” tufayli kortej bilan yo‘lda qolib ketishi, Tabarizga taksida yetib borishi va bu vaziyatga sabr bilan yondashgani mahalliy va xorijiy OAVlarda katta muhokamaga sabab bo‘ldi. Ayni paytda, ushbu holat benzin sifati ustidan davlat darajasida qat’iy nazorat talab etilayotgani haqidagi bahslarni yanada kuchaytirdi.

Tahlilchilar fikricha, bu kabi voqealar xalq turmushi va ishonchini mustahkamlashda muhim saboq sifatida xizmat qilishi mumkin. Chunki, mamlakat rahbari ham oddiy fuqaro kabi muammoga duch kelishi – davlat tizimida barchaga teng munosabat kerakligini yaqqol ko‘rsatadi.

Erondagi bu voqea transport va yoqilg‘i sohasidagi tizimli muammolarga yana bir bor e’tibor qaratishga turtki bo‘ldi. Jamoatchilik esa endi bunday holatlar takrorlanmasligi uchun choralar ko‘rilishini kutmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron prezidentini “suvli benzin” tufayli taksiga o‘tirishga majbur qilgan holat