date

Yevropaning uch davlati Ukraina uchun AQSH qurollariga pul to‘lashdan voz kechdi

Yevropaning uch davlati Ukraina uchun AQSH qurollariga pul to‘lashdan voz kechdi
Yevropa mamlakatlari siyosiy sahnada yana yangi qarama-qarshiliklarga guvoh bo‘lmoqda: NATOga a’zo uch yirik davlat – Fransiya, Italiya va Chexiya Ukraina uchun Amerika qurollariga pul to‘lash tashabbusidan voz kechgani haqida Politico va boshqa g‘arb nashrlari o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Fransiya hukumati bu masaladagi salbiy pozitsiyasini mamlakat prezidenti Emmanuel Makronning uzoq yillardan buyon yevropaliklar ichki mudofaa sanoatini rivojlantirish zarurligini ta’kidlab kelayotgani bilan izohladi. Shuningdek, Fransiya hozirda davlat budjeti taqchilligi va xarajatlarni qisqartirish muammolariga duch kelmoqda. Aynan bu omillar Parijning o‘z mudofaa xarajatlarini oshirishda jiddiy to‘siq bo‘lmoqda.

Italiya Mudofaa vazirligi manbalari La Stampa nashriga bergan izohida, mamlakat amalda qurol-yarog‘ xaridi uchun kerakli budjetga ega emasligini ma’lum qildi. “Italiyaning bu maqsad uchun deyarli hech qanday moliyaviy imkoniyati yo‘q. Bu yerda Amerika qurollarini sotib olish haqida hech qachon gap bo‘lgan emas”, – deydi vazirlik vakillari.

Chexiya bosh vaziri Petr Fiala ham mamlakatining Ukraina uchun Amerika qurollarini xarid qilish dasturida ishtirok etish niyati yo‘qligini ta’kidladi. Uning ta’kidlashicha, Praga Ukrainaga qo‘llab-quvvatlashning boshqa mexanizmlariga e’tibor qaratmoqda, xususan, o‘q-dorilar yetkazib berish tashabbuslari bunga misol bo‘la oladi. “Ayni vaqtda bu dasturda ishtirok etishni rejalashtirmayapmiz”, – dedi u Publico nashriga.

Analitiklar fikricha, Yevropa davlatlarining bu qarorlari qit’adagi ichki mudofaa siyosatida yangi yo‘nalishlar va xalqaro hamkorlik formatlarini shakllantirishi mumkin. Ukrainaga yordamning qaysi shaklda va qanchalik keng ko‘lamda davom etishi esa, yaqin oylarda yanada oydinlashadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yevropaning uch davlati Ukraina uchun AQSH qurollariga pul to‘lashdan voz kechdi