date

Rossiyalik ikki amaldor Ukrainaga nisbatan moliyaviy jinoyatda ayblanmoqda

Rossiyalik ikki amaldor Ukrainaga nisbatan moliyaviy jinoyatda ayblanmoqda
Gaagada joylashgan Xalqaro jinoiy suddan (XJS) Rossiyaning yuqori martabali moliya amaldorlariga — Moliya vaziri Anton Siluanov va Rossiya Markaziy banki raisi Elvira Nabiullinaga nisbatan hibsga olish uchun rasman order chiqarish so‘raldi. Bu tashabbus Amerikaning LexCollective nomli nodavlat tashkiloti tomonidan ilgari surildi, deb xabar berdi Financial Times.

Ma’lumotlarga ko‘ra, murojaatni tayyorlash jarayonida B4Ukraine jamoat koalitsiyasi va Ukraina huquqshunoslaridan iborat maslahatchilar guruhi faol ishtirok etgan. Ular Rossiyaning moliyaviy tarmoqlari orqali Ukraina hududlaridagi noqonuniy nazoratni moliyalashtirishdagi ishtiroki yuzasidan XJSni tekshiruv o‘tkazishga chaqirmoqda.

Murojaatda Rossiyaning uchta yirik moliyaviy muassasasi — “Promsvyazbank”, Xalqaro hisob-kitoblar banki (XHB) va Rossiya Markaziy bankining (RMB) yuqori lavozimdagi rahbarlari tanqid ostiga olingan. Xususan, Xerson viloyatining bosib olingan qismlaridagi bank amaliyotlari misol sifatida keltirilgan.

Ta’kidlanishicha, Rossiya tomoni qo‘lga kiritgan hududlarda grivna muomalasi taqiqlanib, mahalliy aholi rublni majburiy ravishda, sun’iy past kursda qabul qilishga majbur qilingan. Bu holat, o‘z navbatida, Rossiya bank tizimi orqali moliyaviy manfaatlar olishning asosiy vositasiga aylangan.

Murojaatda, shuningdek, shunday da’vo ham keltirilganki, mahalliy aholiga bank xizmatlaridan foydalanish imkonini berish uchun ular Rossiya fuqaroligini olishga va shu orqali "Rossiyaga sadoqat"ini namoyon etishga majbur bo‘lgan. Bu esa, xalqaro huquq nuqtayi nazaridan, bosib olishni moliyalashtirish va qonuniylashtirishga urinish sifatida baholanmoqda.

Financial Times ma’lumotiga ko‘ra, Ukraina hududidagi bosib olingan joylarda Rossiya Markaziy banki tomonidan maxsus “dala bo‘linmalari” tashkil etilgan va ular orqali rossiyalik harbiy xizmatchilarga to‘lovlar amalga oshirilgan.

Hujjat mualliflari Xalqaro jinoiy suddan Nabiullina va Siluanovning harakatlarini rasman “bosqinni moliyalashtirish” sifatida baholashni va ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atish choralarini ko‘rishni so‘ramoqda.

Mutaxassislar fikricha, ushbu murojaat xalqaro huquq tizimida yangi bosqichni boshlashi mumkin. Chunki ilk marta Ukraina hududidagi noqonuniy ishlarni amalga oshirishda davlat moliyasi va markaziy bank siyosati ochiq va aniq ayblovlarga asos qilib ko‘rsatildi.

Endilikda esa butun jamoatchilikning diqqati XJSning bu murojaatga qanday munosabat bildirishi va u asosida qanday qonuniy qaror qabul qilinishini kuzatmoqda. Rossiya moliyaviy elitasining javobgarligi masalasi yangi darajaga ko‘tarilishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyalik ikki amaldor Ukrainaga nisbatan moliyaviy jinoyatda ayblanmoqda