
AQSHning Nyu-York shtatidagi tibbiyot muassasasida sodir bo‘lgan fojia ko‘pchilikni qo‘rqitib qo‘ydi. Vestberi shahrida joylashgan xususiy klinikalardan birida 61 yoshli erkak MRT apparati tomonidan kuch bilan tortib ketildi. Afsuski, u og‘ir jarohatlar natijasida hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar berdi ABC telekanali.
Ma’lum qilinishicha, qurbon — mazkur klinika bemori emas, balki bir tanishini kuzatib kelgan fuqaro bo‘lgan. U qandaydir sabab bilan ko‘rik xonasiga ruxsatsiz kirib ketgan. Eng dahshatlisi — uning bo‘ynida temir zanjir bo‘lgan. Shu zahotiyoq ishlab turgan MRT qurilmasi unga reaksiya qilib, yerga urib, og‘ir jarohat yetkazgan.
Nassau okrugi politsiyasi rasmiy ma’lumot berdi: qurilma ishlayotgan paytda metall buyumlar bilan kirish mutlaqo mumkin emas. Bunday yuqori magnit maydonida hatto kichik temir detal ham fojiaga sabab bo‘lishi mumkin.
WABC telekanali ma’lum qilishicha, klinika xodimlari darhol yordamga shoshilgan, biroq shifokorlarning urinishiga qaramay, erkak hayotga qaytarilmagan. Uni shifoxonaga yetkazishdan oldinoq vafot etgani aniqlangan.
Bu voqea AQSH tibbiyot muassasalarida xavfsizlik protokollari qanchalik qattiq bo‘lishi kerakligini yana bir bor ko‘rsatdi. Hozirda klinikada ichki xizmat tekshiruvi boshlangan. MRT xonasiga kirishdagi nazoratsizlik yoki xizmatchilarning e’tiborsizligi ham o‘rganiladi.
Tibbiyot xodimlari insonlardan yana bir bor ehtiyotkor bo‘lishni, ayniqsa magnit-rezonans tomografiya kabi yuqori texnologiyali jihozlar faoliyat ko‘rsatayotgan vaqtda temir buyumlardan butunlay voz kechishni so‘ramoqda.
Ayni paytda, ushbu mudhish voqea ortidan AQSHda klinika va shifoxonalarda MRT xavfsizligi bo‘yicha yangi talablar ishlab chiqilishi ehtimoli ko‘rilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar