date

Kamchatkada bir kunda uchta zilzila: sunami xavfi e’lon qilindi

Kamchatkada bir kunda uchta zilzila: sunami xavfi e’lon qilindi
Rossiyaning sharqida joylashgan Kamchatka yarimoroli yana kuchli tabiiy silkinishlar markaziga aylandi. 20 iyul kuni mazkur hududda bir kunning o‘zida bir nechta zilzila sodir bo‘ldi, deb ma’lum qildi Rossiya Fanlar akademiyasining Yagona geofizika xizmati.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mahalliy vaqt bilan soat 18:28 da (Toshkent vaqti bilan 08:28 da) birinchi zilzila qayd etilgan bo‘lib, uning magnitudasi 6,7 ni tashkil etgan. Undan bor-yo‘g‘i 20 daqiqa o‘tib, yana bir marotaba yer qimirladi — bu safar zilzilaning kuchi 7,2 magnitudaga yetdi. Oradan yana 20 daqiqa o‘tib, yana bir bor 6,7 magnitudali zilzila qayd etildi.

Geofiziklarning so‘zlariga ko‘ra, har uchala zilzilaning markazi Petropavlovsk-Kamchatskiy shahridan taxminan 160–169 km uzoqlikda joylashgan va yer osti ustiga nisbatan bor-yo‘g‘i 5 km chuqurlikda sodir bo‘lgan. Bu holat zilzilalarning kuchli sezilishi va ehtimoliy xavf darajasini yanada oshiradi.

E’tiborlisi shundaki, avval Rossiya FA filiali zilzilaning kuchini 7,6 magnituda deb e’lon qilgan, ammo keyinroq bu ma’lumot aniqlashtirilib, rasmiy ravishda 7,2 magnitudali zilzila haqida aytildi. Shu bilan birga, AQSH Geologiya xizmati esa Kamchatka yarimoroli qirg‘oqlarida 7,4 magnitudali bir nechta zilzilalar qayd etilganini ma’lum qildi.

Hodisadan so‘nggi soatlar mobaynida 10 dan ortiq ikkala silkinishlar ham kuzatildi — ularning kuchi 4,2 dan 6,3 magnitudagacha bo‘lgan. Bu seysmik faollik hali to‘liq to‘xtamaganini ko‘rsatmoqda.

Mahalliy aholi tomonidan tarqatilgan xabarlarga ko‘ra, zilzila paytida uylar titrab, ko‘plab mebellar qulab tushgan. Baza manbasining yozishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar qayd etilmagan.

Ayni paytda Kamchatkadagi bir necha aholi punkti uchun sunami xavfi e’lon qilindi. Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining bildirishicha, ehtimoliy to‘lqinlar balandligi taxminan 60 sm ni tashkil qilishi mumkin. “Qirg‘oqqa yaqinlashmang, to‘lqinlarni kuzatish xavfli bo‘lishi mumkin”, — deya ogohlantirdi rasmiylar.

Kamchatka o‘lkasi gubernatori Vladimir Solodov esa o‘z telegram-kanalida birinchi to‘lqin vaqtini o‘tib ketganini va hozircha sunami qayd etilmaganini ma’lum qildi. Shunga qaramay, vaziyat hali ham tahlikali bo‘lib qolmoqda. Seysmologlar yangi silkinishlar bo‘lishi ehtimolini istisno qilmayapti.

Bu voqealar Kamchatkaning seysmik jihatdan doimiy faol hudud ekanini yana bir bor tasdiqladi. Tabiatning bunday kuchli sinovlari aholi uchun ham, mutaxassislar uchun ham doimo tayyorgarlik va mas’uliyatni talab etadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kamchatkada bir kunda uchta zilzila: sunami xavfi e’lon qilindi