
OpenAI kompaniyasining ChatGPT chatboti mashhurlik bo‘yicha yangi bosqichga ko‘tarilmoqda — u kuniga 2,5 milliarddan ortiq so‘rovni qayta ishlashga ulgurmoqda. Bu yillik hisobda taxminan 912,5 milliard so‘rovni tashkil etadi. Ushbu jadal o‘sish chatbotga bo‘lgan talab qanchalik yuqori ekanini ko‘rsatmoqda.
Qizig‘i shundaki, ushbu so‘rovlarning uchdan bir qismi AQSH foydalanuvchilariga to‘g‘ri keladi. Ya’ni, har kuni taxminan 330 million so‘rov aynan Qo‘shma Shtatlardan yo‘llanadi.
Hozirda ChatGPT jahonning eng yirik qidiruv tizimi Google'dan hajm jihatdan ortda qolmoqda. Google yiliga taxminan 5 trillion so‘rovni qayta ishlaydi. Shunga qaramay, OpenAI xizmatidan foydalanuvchilar soni jadal o‘smoqda — 2024 yil dekabridan 2025 yil martigacha haftalik auditoriya 300 milliondan 500 milliongacha ko‘paygan.
Tahlilchilarning ta’kidlashicha, ChatGPT an’anaviy qidiruv tizimlariga jiddiy raqobatchiga aylanmoqda. Aniq ma’lumotni tez, tushunarli va mantiqiy tarzda taqdim etish qobiliyati tufayli, foydalanuvchilar uni barcha sohalarda qo‘llashni afzal ko‘rmoqda.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, OpenAI yaqin vaqtlarda sun’iy intellekt bilan birlashtirilgan o‘z brauzerini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bu Google bilan raqobatni yanada keskinlashtirishi mumkin. Shu bilan birga, kompaniya avtomatik ravishda foydalanuvchi vazifalarini bajaruvchi “ChatGPT Agent” texnologiyasini ham namoyish etdi.
Bularning barchasi shundan dalolat beradiki, ChatGPT nafaqat savollarga javob beradigan vosita, balki intellektual yordamchiga aylanib bormoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar