AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp mamlakatining boshqa davlatlar ichki ishiga aralashish siyosatiga barham berish niyatida.
"Tarix saboqlari va barqarorlikka, barcha narsada barqarorlikka ko‘maklashish istagi bizlarni oldinga etaklaydi. Intervensiyalar oqibatida kelib chiqqan boshboshdoqlikning vayron qiluvchi davri, nihoyat tugashi kerak", — degan Tramp Shimoliy Karolinada bo‘lib o‘tgan mitingda.
U, shuningdek, uning ma’muriyati "tuzumlarni ag‘darish" o‘rniga terrorizmga qarshi kurashga tayyor bo‘lgan barcha mamlakatlar bilan hamkorlik qilishini ta’kidladi.
"Biz hech narsani bilmaydigan xorijiy tuzumlarga aralashmasligimiz kerak. Buning o‘rniga biz diqqatimizni IShIDni yo‘qotish va terrorizmga qarshi kurashga qaratishimiz kerak. Va biz shunday qilamiz. Bizning maqsadimizga sherik bo‘lgan har qanday davlat hamkorimiz bo‘ladi, biz buni unutmaymiz. Biz do‘stlikni mustahkamlaymiz va yangi do‘stlar qidiramiz", — degan Donald Tramp. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi