date

Adidas Ozzi Osborn xotirasiga bag‘ishlab faqat 121 juft krossovka chiqardi

Adidas Ozzi Osborn xotirasiga bag‘ishlab faqat 121 juft krossovka chiqardi

Adidas kompaniyasi afsonaviy rok qo‘shiqchisi Ozzi Osborn va Black Sabbath guruhiga ehtirom ifodasi sifatida maxsus krossovka seriyasini ishlab chiqdi. Bu haqda Pravilamag nashri xabar berdi.

Limitlangan adidas Birminghams nomli krossovkalar joriy yil iyul oyi boshida bo‘lib o‘tgan "Back to the Beginning" nomli so‘nggi konsert sharafiga tayyorlangan. Ushbu tadbir Black Sabbath va Ozzi Osborn uchun so‘nggi sahnadagi chiqish sifatida tarixda qoldi.

Krossovkalar soni ham bejiz emas — jami 121 juft. Bu raqam Ozzi Osbornning tug‘ilgan shahri Birmingemning telefon kodiga ishora qiladi. Ushbu poyabzallar keng omma uchun emas, balki musiqachining yaqinlari va do‘stlari uchun mo‘ljallangan.

Dizaynida Black Sabbath guruhiga xos ranglar — qora va sireneviy (fioletoviy) qo‘llanilgan. Eng ajoyib jihati — stelkada Ozzining o‘zi chizgan letuchaya mish tasvirlari bor. Shuningdek, krossovkaning ichki tilida uning oxirgi konserti sanasi muhrlangan.

Afsuski, 22 iyul kuni Ozzi Osbornning vafot etgani haqida oilasi tomonidan rasman ma’lum qilindi. Rok olamining bu ulug‘ shaxsiyatiga bo‘lgan hurmat har jabhada ifoda etilmoqda — moda, san’at va albatta, musiqa orqali.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Adidas Ozzi Osborn xotirasiga bag‘ishlab faqat 121 juft krossovka chiqardi