date

AZAL samolyoti otilgan paytda navbatchi bo‘lgan rossiyaliklar aniqlandi

AZAL samolyoti otilgan paytda navbatchi bo‘lgan rossiyaliklar aniqlandi

2024 yil dekabr oyida sodir bo‘lgan AZAL aviakompaniyasi havo hodisasi bo‘yicha yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi, deb Minval Politika nashri xabar berdi. Ozarbayjonning ushbu nashri 24 iyul, payshanba kuni tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot o‘qqa tutilishi paytida xizmatda bo‘lgan barcha rossiyalik harbiy xizmatchilarning ismlari ma’lum qilindi. Biroq, Minval ushbu ma’lumot manbasini ochiqlagani yo‘q. Hozircha boshqa mustaqil manbalar bu ma’lumotlarni tasdiqlamagan.

Nashrga ko‘ra, o‘sha vaqtda navbatchi bo‘lgan harbiylar quyidagilar: 51-havo mudofaasi diviziyasining katta navigatori kapitan Dmitriy Pudovkin, Janubiy harbiy okrug shtabidagi tezkor navbatchi podpolkovnik Vladimir Yanovskiy hamda 4-havo mudofaa armiyasi qo‘mondonlik punktidagi polkovnik Gennadiy Yeremenko. Ular raketa uchirilishi paytida navbatda bo‘lgani qayd etilmoqda.

Rossiyadagi mashhur Astra Telegram kanali ham Minval tarqatgan ma’lumotga aloqadorlik bildirib, ushbu harbiy shaxslarning haqiqatan ham armiya tizimida xizmat qilishiga oid ma’lumotlarni sizdirilgan bazalar orqali tasdiqlagan.

Minval nashri 22 iyul kuni esa havo nishoniga zarba berish bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri buyruqni 51-havo mudofaasi diviziyasi qo‘mondoni general-mayor Aleksandr Tolopilo berganini yozdi. Ushbu ma’lumot podpolkovnik Nikolay Orlyanskiyning ichki xizmat tekshiruvi davomida ma’lum qilingan. Tekshiruv davomida u Tolopilodan buyruq olganini va keyinchalik kapitan Pudovkinga nishonni yo‘q qilish bo‘yicha ko‘rsatma berganini ma’lum qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AZAL samolyoti otilgan paytda navbatchi bo‘lgan rossiyaliklar aniqlandi