Yaqinda AQSH prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi mojaroni hal qilish uchun Rossiya prezidenti Vladimir Putinga avval belgilangan 50 kunlik muddatni qisqartirib, endi 10-12 kun atrofida vaqt berishini bildirdi, deb xabar berdi Reuters.
Tramp o‘z so‘zlarida: “Prezident Vladimir Putindan juda hafsalamiz pir bo‘ldi”, deya afsusini bildirgan. Shuningdek, u avval bergan 50 kunlik muddatni qisqartirayotganini va bu endi 10-12 kunga tushganini ma’lum qilgan. AQSH prezidentiga ko‘ra, agar bu muddat ichida Moskva va Kiyev kelishuvga erishmasa, juda qattiq iqtisodiy sanksiyalar va “qattiq tariflar” joriy etilishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.
Ma’lumotga ko‘ra, Tramp 14 iyul kuni Moskvani Ukrainadagi mojaroni 50 kun ichida hal etishga chaqirgan edi. Ushbu da’vatida u agar kelishuvga erishilmasa, Rossiyaga nisbatan qattiq iqtisodiy bosim o‘rnatilishini ta’kidlagan.
Donald Trampning bu bayonoti xalqaro siyosatchilar va tahlilchilar orasida katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. U o‘z so‘zlarida, Putinga 50 kun vaqt bergani bilan, bu juda saxiy qaror bo‘lganini aytgan va endi yangi muddat juda qisqa ekanini urg‘ulagan.
Qizig‘i shundaki, Donald Tramp avvalroq Shotlandiyaga tashrif buyurgan bo‘lsa, bugun u Buyuk Britaniyaning yangi Bosh vaziri Key Starmer bilan uchrashuv o‘tkazishi kutilmoqda.
“O‘ylaymanki, bugundan boshlab 10-12 kun bo‘ladi”, — deya ta’kidladi Tramp jurnalistlar savoliga javoban. Uning qayd etishicha, endi Ukraina mojarosi bo‘yicha jahon hamjamiyati ko‘proq jiddiy va tezkor yechim kutishga haqli.
Tramp Ukraina bo‘yicha Putinga bergan muddatni 10 kunga qisqartirdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar