11:38 / 09.12.2016
8 130

Ramzan Qodirov Suriyadagi «yovuzliklarga qarshi kurashish»ga tayyorligini bildirdi

Ramzan Qodirov Suriyadagi «yovuzliklarga qarshi kurashish»ga tayyorligini bildirdi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Suriyada «yovuzliklarga qarshi kurashish»ga tayyorligi xususida bayonot berdi. Buning uchun Oliy bosh qo‘mondonning buyruq berishi kifoyadir. U shuningdek, «Sharq» va «G‘arb» nomli batalonlarning mavjudligi haqidagi xabarlarni rad etgan. OAVda, shu nomdagi maxsus harbiy batalonlar Suriyaga yuborilgani haqida axborotlar paydo bo‘lgan edi. Qodirov bu haqda Instagram sahifasida so‘z yuritgan, deb malum qiladi "Kun.uz" nashri.

«Mas’uliyatni zimmamga olgan holda aytamanki, Chechenistonda hech qanday «Sharq» va «G‘arb» kabi batalonlar yo‘q. Boshqa mintaqalarda bo‘lgani kabi Chechenistonda ham Rossiya mudofaa vazirligi bo‘linmalari joylashtirilgan. Ularda Rossiya va Checheniston hamda Federasiyaning boshqa sub’ektlarining fuqarolari xizmat qilmoqda. Yaxshi ma’lumki, Rossiya qo‘shinlari Suriyada quruqlikda harbiy amaliyotlarda ishtirok etmayapti», — deb yozgan Checheniston rahbari.

«Ammo, mabodo Chechenistondagi harbiylarga Suriyadagi Rossiya aviabazasini mudofaa qilish bo‘yicha buyruq berilsa, bu sharafli vazifadir», — degan respublika etakchisi.

Qodirov, shuningdek, o‘zi ham Suriyaga borishga tayyorligini ta’kidlagan.

«Men Rossiya Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondonining buyrug‘i bilan Suriyada yovuzliklarga qarshi kurashishdan baxtiyor bo‘lardim va faxrlanardim», —deb yozgan Qodirov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «agar terrorchilar yo‘qotilmasa, ular, o‘zlarini kam kutayotgan joyda paydo bo‘lishadi».

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Qodirov Suriyadagi «yovuzliklarga qarshi kurashish»ga tayyorligini bildirdi