date

Avstraliyada 16 yoshgacha YouTube taqiqlanishi kutilmoqda

Avstraliyada 16 yoshgacha YouTube taqiqlanishi kutilmoqda

Avstraliyada bolalar internet xavfsizligini ta’minlash maqsadida 16 yoshgacha bo‘lganlar uchun YouTube platformasidan foydalanishni taqiqlash rejalashtirilmoqda.

Reuters’ning yozishicha, mamlakatda o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, voyaga yetmaganlarning 37 foizi YouTube’da zararli kontentga duch kelmoqda.

Mazkur tashabbus hukumat tomonidan shu yil dekabr oyida kuchga kirishi mumkin. Agar qaror qabul qilinsa, Avstraliyadagi 16 yoshdan kichik minglab bolalar ushbu platformadan foydalanish huquqidan mahrum bo‘ladi.

Statistikaga ko‘ra, 13–15 yoshdagi bolalarning 75 foizi YouTube’dan faol foydalangan. Shu bois hukumat bu yosh toifasini himoya qilishni muhim deb bilmoqda.

Avvalroq Facebook, Instagram, X, TikTok va Snapchat kabi ijtimoiy tarmoqlarga nisbatan ham o‘xshash cheklovlar kiritilgan edi.

Mutaxassislar bu chorani bolalar ruhiy holatini asrash, ularni axloqiy va informatsion tahdidlardan himoya qilish uchun zarur deb hisoblaydi. Ota-onalarga esa farzandlari internetdan qanday foydalanayotganiga e’tibor qaratish tavsiya etilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avstraliyada 16 yoshgacha YouTube taqiqlanishi kutilmoqda