
Prinsessa Beatris eridan tug‘ilgan farzandlar bilan birgalikda ilk marta kichik qizchasi Afina bilan jamoatchilik oldida namoyon bo‘ldi. Ular Londonda bo‘lib o‘tgan ayollar futboli bo‘yicha YEVRO-2025 g‘oliblari sharafiga uyushtirilgan paradda ishtirok etdi, deb yozmoqda Peopletalk.
Beatris va turmush o‘rtog‘i Edoardo Mapelli Motssi ko‘pincha farzandlarini ommadan olib qochishga harakat qiladi. Ammo bu safar ular barcha farzandlarini olib, poytaxt markazidagi Bukingem saroyi yonida o‘tkazilgan paradga keldi. Oilada ikki qiz bor: Siyenna Elizabet va Afina Elizabet Rouz. Shuningdek, Beatris erining avvalgi munosabatlaridan tug‘ilgan o‘g‘li — Kristofer Vulfga ham chin yurakdan ona bo‘lib kelmoqda.
Prinsessa Beatris va Edoardo 22 yanvar kuni Afina ismli qizaloqqa ota-ona bo‘lishdi. Qizaloq belgilangan muddatdan ancha oldin tug‘ilgan. Beatrisning aytishicha, homiladorlik davomida Afina doimiy tibbiy kuzatuvda bo‘lgan. Ular erta tug‘ruq ehtimoliga oldindan tayyorgarlik ko‘rishgan.
Beatris shunday deydi: “O‘sha oylarni eslasam, xavotir va ikkilanishlar bilan to‘la kunlarim ko‘z oldimga keladi. Biz turmush o‘rtog‘im bilan boshidanoq bilib, tayyorgarlik ko‘rdik. Endi esa men ana shu muammolarga duch kelayotgan boshqalarga yordam berishni o‘zimga burch deb bilaman”.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!