
Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat fuqarolarini fuqarolikdan mahrum qilish imkonini beruvchi yangi qonun imzoladi. Yangi tartibga ko‘ra, endilikda 72 turdagi jinoyat sodir etgan shaxslar Rossiya fuqaroligidan mahrum qilinishi mumkin.
"TASS" nashri yozishicha, mazkur ro‘yxatga qotillik, terrorizm, shantaj, davlat xavfsizligiga tahdid soluvchi harakatlar, shuningdek, Rossiyaga qarshi yo‘naltirilgan xalqaro tuzilmalar bilan hamkorlik qilish kabi og‘ir jinoyatlar kiritilgan.
Qonunga muvofiq, jamoaviy zo‘rlash, voyaga yetmaganlarga nisbatan zo‘ravonlik, bolalar pornografiyasini tarqatish, terrorizmni targ‘ib qilish va uni moliyalashtirish kabi jinoyatlar uchun ham fuqarolikdan mahrum etish chorasi ko‘riladi.
Mutaxassislar fikricha, mazkur qonun Rossiyadagi huquqiy tizimni yanada qattiqroq nazoratga olishga xizmat qiladi. Qonun rasman kuchga kirgan va tegishli organlar tomonidan amalga oshirilishi boshlangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!