
Yaponiya tarixidagi eng keskin demografik inqiroz chuqurlashmoqda — 2024-yilda mamlakatda deyarli 1 millionga yaqin odam tug‘ilishdan ko‘ra ko‘proq vafot etdi. Bu 1968-yildan beri qayd etilgan eng katta yillik kamayish hisoblanadi.
Ichki ishlar va kommunikatsiyalar vazirligi e’lon qilgan rasmiy raqamlarga ko‘ra, o‘tgan yili atigi 686 ming chaqaloq tug‘ildi — bu 1899-yildan beri eng past ko‘rsatkich. Biroq vafot etganlar soni 1,6 milliondan oshdi. Aholi soni 908 ming kishiga kamaydi.
Aholining 30 foizi 65 yoshdan oshgan, mehnatga layoqatli yoshdagilar esa bor-yo‘g‘i 60 foizni tashkil etmoqda. Qariyalar soni ko‘payar, yoshlar kamayar ekan, pensiya va tibbiyot tizimi haddan tashqari bosim ostida qolmoqda.
Yaponiya hukumati yillar davomida tug‘ilish ko‘rsatkichini ko‘tarishga harakat qilmoqda. Bepul bolalar bog‘chalari, ish vaqtida moslashuvchanlik va moliyaviy rag‘batlar kiritilgan. Biroq gender rollari, qimmat turmush darajasi va qat’iy mehnat madaniyati yoshlarni oila qurishdan to‘xtatmoqda.
Mutaxassislar ogohlantiradi: hatto tug‘ilish keskin oshsa ham, vaziyatni tuzatish uchun o‘nlab yillar kerak bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar