15:24 / 11.12.2016
7 178

Istanbul terakti sabab Turkiyada motam e’lon qilindi

Istanbul terakti sabab Turkiyada motam e’lon qilindi

Istanbulda sodir etilgan ikkita terakt sabab butun Turkiya bo‘yicha milliy motam e’lon qilindi. Milliyet gazetasi bergan ma’lumotga ko‘ra, bu haqidagi farmon mamlakat bosh vaziri Binali Yildirim tomonidan imzolangan.

Farmonga muvofiq, barcha davlat tashkilotlaridagi mamlakat bayrog‘i tushiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Istanbulda Toshkent vaqti bilan 00.30da Machka parki va “Vodafon Arena” stadioni oldida yuz bergan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u xudkush va minalashtirilgan mashina yordamida amalga oshirilgan.

Shu paytga qadar olingan ma’lumotlarga ko‘ra, portlash qurbonlari soni 29 nafarga etdi, ulardan 27 nafari polisiya xodimi. Bundan tashqari, Turkiyaning «Beshiktosh» jamoasining 2 nafar xodimi ham halok bo‘lgan, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

Turkiya prezidenti Rajab Toyiib Erdo‘g‘anning ma’lum qilishicha, Istanbuldagi teraktlardan maqsad yanada ko‘proq kishilarni o‘ldirish bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Istanbul terakti sabab Turkiyada motam e’lon qilindi