date

AQSHda Xitoy fuqarosi ICE markazida o‘z joniga qasd qildi

AQSHda Xitoy fuqarosi ICE markazida o‘z joniga qasd qildi

AQSHning Pensilvaniya shtatidagi Moshannon Valley Processing Center hibs muassasasida Xitoy fuqarosi Chaofeng Ge o‘lik holda topildi, deb ABC News xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, u AQSHning Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati (ICE) tomonidan hibsga olingan va atigi 5 kun oldin mazkur markazga joylashtirilgan. 32 yoshli Ge dushxonada bo‘yin qismidan osilgan holda aniqlangan. Tergov jarayonida yozilgan xat topilgan va hech qanday jinoyat izlari kuzatilmagan. Hodisa o‘z joniga qasd sifatida baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, Chaofeng Ge yanvar oyida kredit karta firibgarligida gumon qilinib hibsga olingan va jinoyatni tan olgan. U 6 oydan 12 oygacha ozodlikdan mahrum etilgan, ammo sud qarori chiqgach ICE markaziga o‘tkazilgan. ICE matbuot xizmati barcha hibsdagilar uchun tibbiy va ruhiy tekshiruvlar amalga oshirilishini, AQSH Ichki xavfsizlik departamenti esa bunday o‘lim holatlari jiddiy o‘rganilishini bildirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda Xitoy fuqarosi ICE markazida o‘z joniga qasd qildi