
Kamerun Konstitutsiyaviy kengashi 12-oktabrda bo‘ladigan prezident saylovida 92 yoshli prezident Pol Biyani ro‘yxatga oldi. Agar Biya g‘alaba qozonsa, u yuz yoshga yaqinlashgunga qadar hokimiyatda qolishi mumkin.
83 nomzoddan atigi 12 nafari saylovda qatnashish huquqiga ega bo‘ldi, qolganlari hujjat kamchiligi, garov puli to‘lanmagani yoki bir partiyadan bir nechta nomzod ko‘rsatilgani sabab chetlatildi.
Biya asosiy raqiblari qatorida sobiq ittifoqchilari Bello Bouba Maigari va Issa Tchiroma Bakari, yosh siyosatchi Kabral Libii, xalqaro korrupsiyaga qarshi advokat Akere Muna hamda Sotsial-demokratik front yetakchisi Joshua Osih bor.
Tahlilchilar Libii yoki Muna eng kuchli muxolif nomzod bo‘lishi mumkinligini aytmoqda. Biroq uzoq yillar hukumat tizimida bo‘lgan Maigari va Tchiroma muxolifat saylovchilariga ishonchli ko‘rinmaydi.
Mutaxassislar muxolifat yagona nomzod atrofida birlashmasa, Biyaning g‘alabasi oson bo‘lishini ta’kidlamoqda. 1992-yilda yagona muxolif nomzod bilan u zo‘rg‘a g‘alaba qozongan edi, bugun ham bunday birlik bo‘lmasa, u sakkizinchi muddatini qo‘lga kiritishi ehtimoli yuqori.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar