date

Tramp Netanyaxuga baqirdi: “G‘azoda ocharchilik haqiqiy!”

Tramp Netanyaxuga baqirdi: “G‘azoda ocharchilik haqiqiy!”

AQSH prezidenti Donald Tramp va Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu o‘rtasida telefon orqali kechgan so‘zlashuv bahs va tortishuvlarga aylandi. NBC telekanali tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, suhbat paytida Tramp ovozini ko‘tarib, qattiq baqirgan.

Ma’lum qilinishicha, so‘nggi haftalarda bo‘lib o‘tgan telefon qo‘ng‘irog‘ida Netanyaxu Trampga G‘azoda ommaviy ocharchilik yo‘qligini, bu xabarlar Hamas tarafidan tarqatilgan yolg‘on ekanligini aytgan. Ammo Tramp bu gaplardan qattiq g‘azablangan.

"Uning gapini bo‘lib, ocharchilik haqiqat emasligini eshitishni istamayman! Mening yordamchilarim G‘azoda bolalar ochlikdan halok bo‘layotgani haqida aniq dalillar keltirishdi", degan Tramp va ovozini ko‘tarib baqira boshlagan.

Hozircha ikki tomon ham bu mojaroli suhbat bo‘yicha rasmiy bayonot bermagan. Ammo ma’lumki, Trampning bu harakati AQSH va Isroil munosabatlaridagi murakkabliklardan dalolat beradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Netanyaxuga baqirdi: “G‘azoda ocharchilik haqiqiy!”