Kanadada hayratlanarli voqea yuz berdi: kichkintoy pomeran shpis ulkan ayiqni uydan haydab chiqardi. Vankuver shahrida yashovchi Keyla Klyaynning uyidagi kuzatuv kameralari yozib olgan lavha ijtimoiy tarmoqlarda tezda mashhur bo‘ldi, deb yozmoqda Pravilamag.
Videoda ko‘rish mumkinki, ayiq uy eshigidan kirib keladi. Biroq uyni qo‘riqlayotgan hushyor va jasur Skaut nomli shpis ayiqqa bir zumda qarshi otildi. Hayvonning g‘ayratidan hayratga tushgan ayiq orqaga chekinib, hovli orqali qochib ketdi.
Keyla Klyaynning aytishicha, ayiq ularning hovlisiga avval ham kirgan. Lekin bu safar u Skautning nonushtasini yeb qo‘ygan va bu kichik itni yanada g‘azablantirgan. “Skautning jasorati men uchun faxr, lekin bundan keyin eshiklarimizni yaxshiroq yopib qo‘yamiz”, — deydi Keyla.
Tabiat mutaxassislari esa hushyorlikka chaqirib, ayiqlar yashaydigan hududlarda oziq-ovqat qoldiqlarini tashqarida qoldirmaslikni tavsiya etmoqda. Chunki ayiqlar odam yashaydigan joylarga odatlanib qolsa, ular uchun ham, odamlar uchun ham xavfli vaziyatlar kelib chiqishi mumkin.