Oq ayiqni signal bilan uyg‘otgan kema kapitaniga jarima solindi

Oq ayiqni signal bilan uyg‘otgan kema kapitaniga jarima solindi
Qisqacha

Norvegiyaning Shpitsbergen arxipelagi yaqinida kema kapitani sohilda dam olayotgan oq ayiqni tumanga qarshi signal bilan uyg'otgani uchun 5,2 ming dollardan ortiq jarimaga tortildi. Tovushdan cho'chigan ayiq dam olayotgan joyini tark etdi, Svalbard gubernatori Lars Fause esa holatni hayvonni asossiz ravishda bezovta qilish deb baholadi.

Norvegiyaning Shpitsbergen arxipelagi yaqinida kema kapitani sohilda dam olayotgan oq ayiqni tumanga qarshi signal bilan bezovta qilgani uchun 5,2 ming dollardan ortiq jarima to‘lashga majbur bo‘ldi. Hodisa Svalbard hududida sodir bo‘lgan. Bu haqda TRT Haber xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kema ayiq yaqinidan o‘tayotgan paytda kapitan kuchli signal bergan. Tovushdan cho‘chib uyg‘ongan oq ayiq dam olayotgan joyini tark etgan. Svalbard gubernatori Lars Fause ushbu holatni hayvonni asossiz ravishda bezovta qilish sifatida baholagan.

Svalbardda oq ayiqlarni ataylab yaqinlashtirish, ta’qib qilish yoki bezovta qiladigan harakatlarni amalga oshirish taqiqlangan. 2025 yildan kuchga kirgan qoidalarga ko‘ra, odamlar oq ayiqdan kamida 300 metr uzoqlikni saqlashi kerak. Ayniqsa 1 martdan 30 iyungacha bo‘lgan davrda minimal masofa 500 metr etib belgilangan.

Mutaxassislar bunday talablar bekorga joriy etilmaganini ta’kidlaydi. Oq ayiqlar Arktika ekotizimining muhim qismi bo‘lib, ortiqcha bezovtalik ularning tabiiy xatti-harakatlariga ta’sir qilishi mumkin. Norvegiya Qutb tadqiqotlari instituti ma’lumotlariga ko‘ra, kemaning tinch holda turishi ayiq uchun odatda katta stress keltirib chiqarmasa-da, odamlarning uni faol ravishda ta’qib qilishi yoki bezovta qilishi xavfli hisoblanadi.

Bu Svalbardda oq ayiqlarni bezovta qilganlik uchun jazo qo‘llangan birinchi holat ham emas. 2024 yilda ikki nafar gid oq ayiq va uning bolasiga yaqinlashib, ularni ozuqa topayotgan joyidan ketishga majbur qilgani uchun har biri 20 ming norveg kronasi miqdorida jarimaga tortilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar