Turkiya yana bir bor kuchli yer silkinishiga guvoh bo‘ldi. Mamlakat tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasi (AFAD) tarqatgan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Istanbul va qator yirik shaharlarda sezilgan zilzilaning magnitudasi 6,1 ballga yetdi. Bu kuchli seysmik hodisa ko‘plab aholini tashvishga soldi va shahar ko‘chalarida sarosima uyg‘otdi.
Seysmologlar ma’lumotiga ko‘ra, zilzilaning markazi Balikesir viloyatining Sindirgi tumanida joylashgan bo‘lib, o‘choq 11 kilometr chuqurlikda qayd etilgan. Bu chuqurlikdagi yer qimirlashi hududdagi turli shahar va qishloqlarda kuchli to‘lqinlar his etilishiga sabab bo‘ldi.
Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikayaning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi paytda maxsus mutaxassislar jamoalari tabiiy ofat keltirgan zarar miqyosini o‘rganishga kirishgan. Ular zarar ko‘rgan hududlarda texnik tekshiruvlar o‘tkazib, aholi xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rishmoqda.
Dastlabki xabarlarga ko‘ra, zilzila oqibatida kamida 10ta bino butunlay yoki qisman vayron bo‘lgan. Uy-joylardan tashqari, ayrim tijorat inshootlari va tarixiy binolar ham shikastlangani haqida ma’lumotlar bor.
Guvohlarning aytishicha, zilzila taxminan 20-30 soniya davom etgan. Bu vaqt ichida ko‘plab aholi uylaridan chiqib, ko‘chalarga yopirilgan. Ayrimlar sarosima ichida xavfsiz joy izlashga harakat qilgan, boshqalar esa yaqinlarini topish uchun harakat qilgan.
Hozirgi paytda favqulodda holat xizmatlari hududda uzluksiz faoliyat ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, turli mahalliy va milliy tashkilotlar zarar ko‘rganlarga yordam berish bo‘yicha harakatlarni muvofiqlashtirmoqda.
Bu voqea yana bir bor Turkiyada seysmik xavf yuqori ekanligini va aholining bunday holatlarga doimo tayyor turishi lozimligini eslatdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar