Fransiyada noodatiy voqea ro‘y berdi — Lourens van Vassenxou ismli ayol 21 yil davomida ishga bormasdan maosh olganini aytib, ish beruvchisini sudga berdi. Bu holat jamoat orasida katta qiziqish uyg‘otdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2002 yilda Lourens sog‘ligi sabab kotiba lavozimiga o‘tkazilgan. Ordan ko‘p o‘tmay, ish beruvchilar uni turli bahonalar bilan uydan chiqmasdan ishlash tartibiga o‘tkazishgan. Qizig‘i shundaki, u bu jarayonda ham muntazam ravishda maosh olishda davom etgan.
Ammo ayolning da’vosicha, bu — imtiyoz emas, balki ruhiy azob bo‘lgan. “Menga oylik to‘lashardi, ammo men bilan go‘yo yo‘q odamdek muomala qilishardi. Uyda hech qanday ish qilmasdan o‘tirish — juda og‘ir”, — dedi u sudda.
Vassenxou xonimning aytishicha, 20 yildan ziyod davom etgan bu izolyatsiya unga kuchli ruhiy bosim o‘tkazgan. Shu bois u ish beruvchidan ma’naviy tovon talab qilmoqda.
Hozircha sud ushbu g‘ayrioddiy voqea bo‘yicha yakuniy qaror chiqarmagan. Yaqin haftalarda rasmiy hukm e’lon qilinishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!