Iyun oyida 23 yoshli Ignatiy Lansov – Vnukovo aeroporti tezkor harakat guruhi xodimi – ijtimoiy tarmoqlarda virusli videolar orqali keng tanildi va minglab muxlislar armiyasini to‘pladi. Oradan ko‘p o‘tmay, u Open Up Models Management modellik agentligi bilan shartnoma imzolab, yangi karyera yo‘lini boshladi. Bu haqda Peopletalk xabar berdi.
Ignatiy Ufada tug‘ilgan, o‘smirlik paytida Moskvaga ko‘chib o‘tgan. U faol, ijodkor inson sifatida tanilgan: musiqa bilan shug‘ullanadi, raqamli illustratsiyalar yaratadi va hayvonlarni yaxshi ko‘radi. O‘z ijodini ijtimoiy tarmoqlarda faol tarzda bo‘lishadi.
Modellik agentligi vakillari uning iste’dodi va tashqi ko‘rinishiga virusli roliklardan so‘ng e’tibor qaratgan. Agentlik rasmiy saytida ta’kidlanishicha, ularning asosiy tamoyillari — professionallik, mehnatsevarlik va insonparvarlik.
Shu bilan birga, Lansovning shaxsiy hayoti ham qiziqish uyg‘otgan: u turmush qurgan va rafiqasi Nastya bilan avval metro, keyin esa aeroportda uchrashgan. Juftlik o‘tgan yil noyabrida rasman nikohdan o‘tgan.