
2003-yil 14-avgust kuni AQSh va Kanadada 50 milliondan ortiq odam yirik elektr uzilishidan aziyat chekdi. Issiq yoz kunida yuz bergan bu holat Nyu-York shahrini ham to‘liq elektrsiz qoldirdi. Tig‘iz soatlarda yuz bergan uzilish transportni izdan chiqardi, metro va yo‘lovchi poyezdlari to‘xtab qoldi, yuzlab odamlar liftlarda qamalib qoldi.
Konditsionerlar ishlamay qolgach, ko‘chalarda odamlar soni keskin oshdi. Mobil aloqa va televidenie ishlamadi, ayrimlar vaziyatni terror hujumi deb o‘yladi. Minglab odamlar park va piyodalar yo‘laklarida tunashga majbur bo‘ldi.
Sham yoqish oqibatida shaharda ko‘plab yong‘inlar yuz berdi — faqat Bruklinda bir sutkada 25 yirik yong‘in qayd etildi.
Tekshiruvlar uzilishning sababi sifatida Ohio shtatidagi FirstEnergy kompaniyasining stansiyasida kabel qizib, daraxtlarga tegib ketgani, himoya tizimlari ishga tushib, zanjirsimon hodisa yuzaga kelganini aniqladi. Dasturiy nosozlik sabab operatorlar vaziyatni vaqtida baholay olmadi.
29 soat o‘tib Nyu-Yorkda elektr tiklandi. Mutaxassislar bu voqeani AQSh elektr tarmoqlarining eskirgan infratuzilmasi va kam investitsiya oqibati deb baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar