date

Tramp «Rossiyaga ketyapman» dedi, ammo uchrashuv Alyaskada bo‘ladi

Tramp «Rossiyaga ketyapman» dedi, ammo uchrashuv Alyaskada bo‘ladi

AQSH prezidenti Donald Tramp 15 avgust kuni Rossiyaga tashrif buyurishini aytdi, ammo bu so‘zlar ehtimol og‘zaki xatolik bo‘lgan. Asosan, u shu kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan AQSHning Alyaska shtatida uchrashishi rejalashtirilgan, deb yozmoqda Pravilamag.

Trampning «Rossiyaga ketyapman» degan gapi Oq uydagi chiqishi vaqtida C-SPAN orqali jonli efirda aytildi. Kreml ham uchrashuvni tasdiqlab, uning Alyaskada o‘tkazilishi mantiqan qulay ekanini bildirdi.

Uchrashuvda Rossiya-Ukraina mojarosini hal etish masalalari muhokama qilinadi.

Ma’lumot uchun, Tramp Rossiyada besh marta bo‘lgan. Birinchi safar — 1987 yil iyulida, SSSR bilan biznes imkoniyatlarini o‘rganish uchun. Unda u sovet hukumati va «Inturist» kompaniyasi bilan mehmonxona qurish g‘oyasini ko‘rib chiqqan. So‘nggi safar esa 2013 yilda, Moskvada o‘zi sovladels bo‘lgan «Miss Vselennaya» go‘zallik tanlovini tashkil etganida bo‘lgan.

Bu voqea AQSH va Rossiya munosabatlari fonida katta siyosiy ahamiyat kasb etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp «Rossiyaga ketyapman» dedi, ammo uchrashuv Alyaskada bo‘ladi