date

"Umra – 2025/26” mavsumi ilk ziyoratchilar Saudiya Arabistoniga yo‘l oldi"

"Umra – 2025/26” mavsumi ilk ziyoratchilar Saudiya Arabistoniga yo‘l oldi"

  14-avgust kuni “Umra – 2025/2026” mavsumining birinchi guruhi bo‘lgan ziyoratchilar Toshkent xalqaro aeroportidan “Uzbekistan Airways” reysi orqali Jidda shahriga uchib ketdi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bu safar 240 nafar hamyurtimiz muqaddas ziyoratlarni amalga oshirish uchun yo‘lga chiqdi.

Dasturga ko‘ra, ziyoratchilar avval Madina shahrida 3 kun davomida istiqomat qiladi. Bu vaqt ichida ular Payg‘ambarimiz (s.a.v.) masjidi va shahar atrofidagi muborak joylarni ziyorat qiladi. Keyinchalik esa Makka shahriga yo‘l olib, 7 kun davomida umra amallarini ado etishadi.Tashkilotchilar ziyoratchilarning qulay va xotirjam bo‘lishi uchun barcha sharoitlarni yaratgan. Madinada mehmonlar “Grand Shahba” mehmonxonasida, Makkada esa “Al-Ayyam Elite” va “Marmara Hotel” kabi zamonaviy shinam mehmonxonalarda joylashtiriladi. Har kuni 3 mahal issiq ovqat, turli shirinliklar va yangi mevalar bilan ta’minlanadi.

Umra safari davomida guruhga tajribali ishchi xodimlar, taniqli imom-xatiblar va malakali shifokorlar hamrohlik qiladi. Ularning vazifasi ziyoratchilarning safar davomida ruhiy va jismoniy tinchligini ta’minlashdir.Asosiy ziyoratlardan tashqari, dastur doirasida Jidda shahridagi Qizil dengiz sohiliga sayohat ham rejalashtirilgan. Bu esa ziyoratchilarga nafaqat ruhiy, balki madaniy jihatdan ham boy taassurotlar taqdim etadi.

Mutasaddilar ta’kidlashicha, ushbu safar Umra mavsumining boshidagi eng yirik tashkillashtirilgan guruhlardan biri bo‘lib, barcha ziyoratchilar uchun bu safar unutilmas xotiraga aylanishi kutilmoqda

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » "Umra – 2025/26” mavsumi ilk ziyoratchilar Saudiya Arabistoniga yo‘l oldi"