date

Rossiya Xarkovdagi ko‘p qavatli uyga dronlar orqali zarba berdi

Rossiya Xarkovdagi ko‘p qavatli uyga dronlar orqali zarba berdi

Xarkov viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubovning ma’lum qilishicha, besh qavatli uyga Rossiyaning to‘rtta dronlari urilgan.

"Binoning birinchi, uchinchi va beshinchi qavatlarida yong‘in chiqqan va uning bir qismi qulab tushgan", — deb aniqlik kiritgan Sinegubov.

Xarkov meri Igor Terexovga ko‘ra, zarba oqibatida besh kishi, jumladan 1,5 yoshli qizaloq halok bo‘lgan. 18 kishi yaralangan. Hozirda vuqea joyida qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Shuningdek, Rossiya 18-avgustga o‘tar kechasi Odessa, Sum va Pavlogradga ham hujum uyushtirgan. Sum viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Grigorovning aytishicha, fuqarolik infratuzilmasiga zarbalar berilgan, hech kim jabrlanmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Xarkovdagi ko‘p qavatli uyga dronlar orqali zarba berdi