date

Tokio — masofaviy ish uchun eng qulay shahar

Tokio — masofaviy ish uchun eng qulay shahar

Yaponiya poytaxti Tokio masofadan ishlash va hordiq chiqarishni uyg‘unlashtirish imkoniyati eng yuqori bo‘lgan shaharlar reytingida yetakchilikni qo‘lga kiritdi. Bu haqda TimeOut nashri International Workplace Group (IWG) hisobotiga asoslanib xabar berdi.

Mutaxassislar shaharni rivojlangan jamoat transporti, tezkor internet va yuqori darajadagi xavfsizlik tufayli yuqori baholashdi. Shuningdek, yaqinda Yaponiya xorijiy mutaxassislar uchun maxsus “masofaviy ish vizasi”ni joriy qildi. Unga ko‘ra, chet elliklar mamlakatda bir yilgacha qolib, faoliyatini davom ettirishi mumkin.

Tadqiqotda Tokioning tog‘lar, dengiz bo‘yidagi plyajlar va milliy bog‘larga yaqinligi ham e’tiborga olingan. Bu esa yirik shahar hayotini ochiq havoda dam olish bilan uyg‘unlashtirishga keng imkoniyat yaratadi.

Masofadan ishlash uchun eng qulay shaharlar ro‘yxati quyidagicha:

1. Tokio, Yaponiya,

2. Rio-de-Janeyro, Braziliya,

3. Budapesht, Vengriya,

4. Seul, Janubiy Koreya,

5. Barselona, Ispaniya,

6. Pekin, Xitoy,

7. Lissabon, Portugaliya,

8. Rim, Italiya,

9. Parij, Fransiya,

10. Valletta, Malta.

IWG asoschisi Mark Diksonning qayd etishicha, uzoqdan ishlash insonlarga shaxsiy hayot va kasbiy majburiyatlar o‘rtasida muvozanatni saqlashga yordam beradi hamda mehnat unumdorligini sezilarli oshiradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tokio — masofaviy ish uchun eng qulay shahar