date

AQSH Labubu o‘yinchoqlari xavfi haqida ogohlantirdi

AQSH Labubu o‘yinchoqlari xavfi haqida ogohlantirdi
 AQSHning iste’mol mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha komissiyasi (CPSC) keng jamoatchilikka muhim ogohlantirish bilan chiqdi. Komissiya bayonotida aytilishicha, keyingi paytlarda yosh bolalar orasida ommalashib ketayotgan Labubu o‘yinchoqlari ularning salomatligi va hayoti uchun jiddiy tahdid tug‘dirishi mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bozorda yumshoq plastikdan yasalgan turli figuralar va kalit zanjir ko‘rinishida sotiladigan Labubu mahsulotlari ayniqsa yosh bolalar uchun xavfli. Chunki bu o‘yinchoqlarning shakli va o‘lchami ularni bolalarning og‘ziga osongina solib olish imkonini beradi. Shu sababdan ham ular nafas yo‘llarini to‘sib qo‘yishi va nafas olish jarayoniga xalaqit berishi mumkinligi qayd etilgan.

Komissiyaning ma’lum qilishicha, Labubu o‘yinchoqlari osongina mayda qismlarga bo‘linishi mumkin. Bu esa ularni yanada xavfli qiladi. Chunki kichik bo‘laklar bolaning tomog‘ida qolib ketishi ehtimoli yuqori. Bunday holat esa nafaqat og‘ir jarohat, balki fojiali oqibatlarga ham olib kelishi mumkin.

CPSC ekspertlari bu kamchiliklar AQSHga Xitoydan olib kirilayotgan partiyalarda aniqlanganini ma’lum qildi. Mutasaddilar esa savdoda bo‘lgan barcha turdagi Labubu mahsulotlarini diqqat bilan tekshirishga chaqirmoqda.

Ma’lumot uchun: Labubu — gonkonglik mashhur rassom Lun Kasin tomonidan 2015 yilda yaratilgan elfga o‘xshash qahramon obrazidir. U katta va yorqin ko‘zlari, uchli quloqlari hamda tog‘orasimon tog‘ri tishlari bilan ajralib turadi. Boshqa o‘yinchoqlardan farqli ravishda u fantastik ko‘rinishi bilan bolalar va kollektorlar orasida katta qiziqish uyg‘otgan.

Aytish joizki, o‘tgan yilning oxiridan buyon Labubu mahsulotlariga talab keskin oshib ketdi. Uning mashhurligi nafaqat Osiyo mamlakatlarida, balki AQSH va Yevropada ham ortib borayotgani qayd etilmoqda.

Shunga qaramay, mutaxassislar ota-onalarni ehtiyotkorlikka chaqirib, bolalar sog‘lig‘ini birinchi o‘ringa qo‘yish zarurligini ta’kidlashmoqda. Chunki o‘yinchoq qanchalik qiziqarli va ommaviy bo‘lmasin, uning xavfsizligi har doim ustuvor bo‘lishi shart.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Labubu o‘yinchoqlari xavfi haqida ogohlantirdi