13:38 / 14.12.2016
8 009

Rossiya o‘z Grin-kartasini taklif qilmoqda

Rossiya o‘z Grin-kartasini taklif qilmoqda

Leningrad viloyati Qonunchilik kengashi deputatlari Rossiya Davlat Dumasiga yangi qonunchilik loyihasini taqdim etmoqchi. Ushbu yangi qonunchilik loyihasi maxsus lotereyani yutib olgan chet el fuqarolariga Rossiyada yashash huquqini taqdim etishni nazarda tutadi, deb xabar qilmoqda Sputnik nashri.

Xabarga muvofiq, Leningrad viloyati Qonunchilik kengashi deputatlari "Rossiya Federasiyasidagi chet ellik fuqarolarning huquqiy maqomi to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgartirishlar kiritish taklifi bilan chiqishgan.

Yangi loyiha eslatmasida ushbu lotereya chet elliklarning ixtiyoriy ravishda Rossiyaga ko‘chib kelishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimini belgilaydi, deyilgan.

Rossiya Grin-kartasi g‘olibi xuddi AQSh Grin-kartasi g‘olibi singari kabi kompyuter yordamida aniqlanishi ta’kidlanmoqda. Lotereya g‘olibiga esa Rossiyada yashash huquqini beruvchi hujjat taqdim etiladi.

Loyiha mualliflariga ko‘ra, lotereya o‘yinida Rossiya Federal hukumati tomonidan tasdiqlangan mamlakatlar aholilari ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi. Deputatlarning aytishicha, ushbu ro‘yxatdan emigrasiya darajasi o‘ta past bo‘lgan davlatlar o‘rin olishi mumkin.

Tashabbus mualliflari lotereya o‘yinlarini mutlaqo bepul tashkil etishni taklif qilishmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya o‘z Grin-kartasini taklif qilmoqda