date

Ukrainada yangi “Flamingo” raketasi sinovdan o‘tkazildi

Ukrainada yangi “Flamingo” raketasi sinovdan o‘tkazildi

Ukraina hukumati uzoq masofaga mo‘ljallangan yangi “Flamingo” qanotli raketa sinovini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Bu haqda mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy 20-avgust kuni jurnalistlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, mazkur raketa Ukraina raketa dasturidagi eng samarali va kuchli loyihalardan biri hisoblanadi.

DW nashrining yozishicha, “Flamingo”ning uchish masofasi 3 ming kilometrga teng. Zelenskiy bu natija mamlakat mudofaa sohasi uchun katta yutuq bo‘lganini qayd etdi. Ammo u hozircha raketa xususiyatlari to‘liq oshkor qilinmasligini, ma’lumotlar faqat yuztadan ortiq raketa amalda ishlatishga tayyor bo‘lgach e’lon qilinishi mumkinligini bildirgan.

Raketalarning ommaviy ishlab chiqarilishi 2025 yil dekabrida yoki 2026 yil boshida boshlanishi rejalashtirilgan. Ukraina hukumati yangi qurolni ishlab chiqish orqali mamlakat mudofaa qudrati sezilarli darajada ortishiga ishonmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainada yangi “Flamingo” raketasi sinovdan o‘tkazildi