date

Iqlim o‘zgarishi sababli Ispaniyada kuchli yong‘inlar kengayib bormoqda

Iqlim o‘zgarishi sababli Ispaniyada kuchli yong‘inlar kengayib bormoqda

Ispaniyada avgust oyining boshidan beri davom etayotgan o‘rmon yong‘inlari mamlakat tarixida so‘nggi yigirma yil ichida kuzatilmagan darajadagi katta fojiaga aylandi. “Evronews”ning yozishicha, mazkur yong‘inlar oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi, yana 37 nafar shaxs yong‘inlarga aloqadorlikda gumonlanib qo‘lga olindi.

Eng og‘ir holat Galisiya avtonom hududida qayd etildi. Bu yerda 155 ming gektardan ortiq maydon yondi. Bu ko‘rsatkich 2006 yildan beri kuzatilmagan darajadagi eng katta yong‘in hisoblanmoqda. Faqatgina avgust oyida butun mamlakat bo‘yicha 350 ming gektardan ziyod maydon yong‘inlardan zarar ko‘rdi.

Hozirgi vaqtda Ispaniyaning turli hududlarida 21 ta yong‘in o‘chog‘ini bartaraf etish ishlari davom etmoqda. Shimoliy hududlarda mahalliy o‘t o‘chiruvchilarga Germaniyadan kelgan mutaxassislar yordam bermoqda.

Bosh vazir Pedro Sanches shaxsan yong‘in hududiga tashrif buyurib, fojianing asosiy sababi global iqlim o‘zgarishi va kuchli issiq to‘lqinlari ekanini ta’kidladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Iqlim o‘zgarishi sababli Ispaniyada kuchli yong‘inlar kengayib bormoqda