date

G‘azodagi qurbonlarning 83 foizi tinch aholi ekani aytildi

G‘azodagi qurbonlarning 83 foizi tinch aholi ekani aytildi
“The Guardian” nashrida yozilishicha, Isroil harbiy razvedkasi taqdim etgan ma’lumotlar G‘azodagi voqelikning nihoyatda qayg‘uli va fojiali manzarasini ochib bermoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, 19 oy davomida davom etgan keskin qarshilik va qurolli to‘qnashuvlar paytida “HAMAS” hamda “Falastin Islomiy jihod” guruhlariga a’zo bo‘lgan taxminan 8,9 ming kishi halok bo‘lgan yoki yo‘qolgan sifatida ro‘yxatga olingan.

Biroq bu raqamlar bilan birga yanada dahshatli ko‘rsatkichlar qayd etilgan: shu vaqt mobaynida jami 53 ming falastinlik hayotdan ko‘z yumibdi. Bundan anglash mumkinki, qurbonlar umumiy sonining atigi 17 foizi jangchilar bo‘lgan, qolgan 83 foizi esa tinch fuqarolar hisoblanadi.

Bu holat G‘azo hududidagi urushning eng asosiy qurboni aynan oddiy aholi ekanini yana bir bor namoyon etmoqda. Ayollar, bolalar va keksalardan iborat minglab odamlar qurolli to‘qnashuvlar qurboni bo‘lgani haqiqatda katta iztirob uyg‘otadi.

"Guardian" manbalari qayd etishicha, Isroil harbiy razvedkasi ma’lumotlari raqamlarning rasmiyligi va jiddiyligini ko‘rsatib turibdi. Chunki 8,9 ming a’zo degani to‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy harakatlarga aloqador shaxslar hisoblansa, qolgan yuz minglab qurbonlar aslida jang bilan hech qanday bog‘liqligi bo‘lmagan tinch fuqarolardir.

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, bu ma’lumot xalqaro hamjamiyat uchun jiddiy signal sifatida baholanishi lozim. Chunki har qanday qurolli to‘qnashuvda asosiy prinsip — tinch aholi xavfsizligi ta’minlanishi kerak. Ammo G‘azoda sodir bo‘layotgan voqealar bu me’yordan keskin chetga chiqib ketganini ko‘rsatmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » G‘azodagi qurbonlarning 83 foizi tinch aholi ekani aytildi