AQSH prezidenti Donald Tramp salomatligi bilan bog‘liq masalalar tufayli yana keng jamoatchilik e’tiborida qolmoqda. The Daily Beast yozishicha, uning qo‘lida qo‘llanilgan tonal kremning qalin qatlami yaqqol ko‘zga tashlangan. Aytilishicha, prezident aynan shu vosita bilan qo‘lidagi ko‘kargan joylarni niqoblayotgan bo‘lishi mumkin.
22 avgust kuni Vashingtonda o‘tgan «The People's House» tadbirida 79 yoshli Oq uy rahbari ishtirok etdi. Olingan suratlarda esa uning o‘ng qo‘li makiyaj bilan qoplangani, krem esa tabiiy teri rangidan ajralib turgani yaqqol ko‘ringan.
Kuzatuvchilar fikriga ko‘ra, Tramp tadbir davomida qo‘lini chap qo‘li bilan berkitishga harakat qilgan. Biroq omma oldidagi chiqish paytida bu holat yanada ko‘zga tashlanib, jurnalistlar orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Bundan avval ham prezidentning qo‘li bir necha marta e’tibor markaziga chiqqan edi. Oq uy bu holatni ko‘p marta qo‘l siqish oqibati va yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish uchun muntazam ravishda aspirin qabul qilishi bilan izohlagandi.
Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levittning ta’kidlashicha, «Prezident Tramp har kuni minglab amerikaliklar bilan ko‘rishadi va tarixdagi ko‘plab davlat rahbarlariga qaraganda ko‘proq qo‘l siqishadi. Uning xalqqa xizmat qilishga sadoqati o‘zgarmasligicha qolmoqda».
Shu bilan birga, iyul oyida shifokorlar Trampga surunkali venoz yetishmovchilik tashxisini qo‘yishgani xabar qilingan. Bu esa keksalar orasida ko‘p uchraydigan holat bo‘lib, qon tomirlardagi shish va dog‘larni izohlashi mumkin.
Biroq Oq uy rasmiylari so‘nggi oylarda jurnalistlarning salomatlik rejasi va davolash jarayoni haqidagi savollariga aniq javob bermayapti.
Eslatib o‘tamiz, bahor mavsumida doktor Shon Barbabella Trampning an’anaviy tibbiy ko‘rik natijalarini e’lon qilib, uning sog‘lig‘ini «jismoniy va aqliy jihatdan a’lo holatda» deb baholagan edi. Shunga qaramasdan, oxirgi oylarda olingan suratlar va ommaviy chiqishlar prezidentning salomatligi haqida muntazam ravishda yangi savollarni tug‘dirmoqda.
Tramp qo‘lidagi krem izlari yana muhokamalarga sabab bo‘ldi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar