date

Germaniya qo‘shinlari Ukrainaga yordam bermasligi ta’kidlandi

Germaniya qo‘shinlari Ukrainaga yordam bermasligi ta’kidlandi

Bavariya bosh vaziri va Xristian-ijtimoiy ittifoq yetakchisi Markus Zederning aytishicha, Germaniya qo‘shinlarini Ukrainada joylashtirish AQSh ishtirokisiz maqsadga muvofiq emas. U bu fikrni ARD telekanaliga bergan intervyusida bildirdi, deb yozmoqda News.ru sayti.

Siyosatchining ta’kidlashicha, qanday sharoitda bo‘lmasin, Ukrainada NATO qo‘shinlarining qatnashishini nazarda tutuvchi qarorlar qabul qilinmaydi. “Mening fikrimcha, bu masala kun tartibida yo‘q, chunki qanday bo‘lmasin NATO harbiylari bu jarayonda qatnashmaydi,” — dedi u.

Avvalroq AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vens tinchlikka erishish uchun asosiy masalalar — Ukraina xavfsizlik kafolatlari va hududiy parametrlarni belgilash ekanini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shu yo‘l bilan kelishuvga olib keluvchi shart-sharoitlar yaratilishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniya qo‘shinlari Ukrainaga yordam bermasligi ta’kidlandi