date

Isroil hujumi oqibatida G‘azoda 15 kishi, jumladan 4 jurnalist halok bo‘ldi

Isroil hujumi oqibatida G‘azoda 15 kishi, jumladan 4 jurnalist halok bo‘ldi

Isroil janubiy G‘azodagi Nasser shifoxonasiga raketa hujumi uyushtirdi. Mahalliy rasmiylarning aytishicha, hujumda kamida 15 kishi vafot etdi. Ular orasida 4 nafar jurnalist ham bor.

Mahalliy fuqarolar aytishicha, hujum ikki marta amalga oshirilgan. Birinchi portlashdan keyin odamlar jarohatlanganlarga yordam berayotgan paytda ikkinchi zarba sodir bo‘lgan. Shu sababli qurbonlar soni ko‘paygan. Bu paytda qutqaruvchilar ham zarar ko‘rgan. Internetda tarqalgan videolarda shifoxona ichida odamlar vahimaga tushib, yugurib qochayotgani ko‘rinadi.

Isroil armiyasi hujumni tasdiqladi va tekshiruv boshlangani haqida xabar berdi. Ularning aytishicha, jurnalistlar maxsus nishon qilinmagan. Biroq BMT va Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi Isroildan bu borada aniq dalillar talab qilmoqda.

Bu voqea ikki hafta oldin Al-Shifa shifoxonasi yaqinida 6 jurnalist o‘ldirilgan hujumdan keyin sodir bo‘ldi. BMT bunday hujumlarni xalqaro qonunlarni buzish, deb keskin qoralamoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil hujumi oqibatida G‘azoda 15 kishi, jumladan 4 jurnalist halok bo‘ldi