date

Amerikaning shimoliy Karolina shtatida ukrainalik qochqin pichoqlandi

Amerikaning shimoliy Karolina shtatida ukrainalik qochqin pichoqlandi

Amerikaning Shimoliy Karolina shtatida sodir bo‘lgan voqea ko‘pchilikni hayajonga soldi. Xavfsiz va osoyishta hayot topish orzusi bilan AQSHga qochib kelgan yosh ukrainalik yigitga uy-joysiz shaxs pichoq bilan tashlandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 23 yoshli ukrainalik qochqin Amerikaga umid izlab kelgan. Ammo uning hayoti kutilmaganda yo‘l kesishgan begonaning berahmli hujumi ortidan uzildi. Manbalar yozishicha, jabrlanuvchi ko‘plab tan jarohatlari olib, shifokorlar yordamigacha yetib bormasdan halok bo‘lgan.

Tafsilotlarga ko‘ra, hodisa 22 avgust kuni kechqurun Sharlotta shahridagi temir yo‘l bekati atrofida sodir etilgan. Politsiya ma’lumotiga qaraganda, ukrainalik Irina Zarutskaya bir necha marta pichoq bilan jarohatlangan. Shuning ortidan uning hayotini saqlab qolish imkoni qolmagan.

Huquq-tartibot idoralari gumonlanuvchi shaxsini ham aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, voqeada gumonlanayotgan 34 yoshli kichik DeKarlos Braun qo‘lga olingan. Uning o‘zi ham hodisa paytida tanasidan jarohat olgan va shifoxonaga yetkazilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, jarohatlar uning hayoti uchun xavf tug‘dirmaydi.

Jamoatchilik orasida bu voqea katta muhokamaga sabab bo‘ldi. Chunki bir tarafdan urushdan qochib, tinch hayot izlab kelgan inson hayoti yo‘qotildi. Ikkinchi tomondan esa Amerika ko‘chalarida xavfsizlik masalalari yana bir bor kun tartibiga chiqdi.

Ayni vaqtda politsiya hodisaning aniq sabablarini tekshirmoqda. Tergov jarayonida hujumchi va jabrlanuvchi o‘rtasida oldindan tanishlik yoki mojaro mavjud bo‘lgan-bo‘lmagani o‘rganilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikaning shimoliy Karolina shtatida ukrainalik qochqin pichoqlandi