Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qilishicha, Rossiyaning so‘nggi dron hujumlari oqibatida 100 mingdan ortiq xonadon elektrsiz qoldi. Eng ko‘p zarar Poltava, Sumi va Chernigov viloyatlarida kuzatildi.
Energetika vazirligiga ko‘ra, bu hujumlar Rossiyaning qishdan oldin fuqarolik infratuzilmasini vayron qilish siyosatining davomidir. O‘tgan yili ham mamlakat elektr quvvatining yarmi zararlangan edi.
Zelenskiy hujumlar bir kecha-kunduzda qariyb 100 dron orqali amalga oshirilganini aytdi. Energiya obyektlaridan tashqari, Xarkovdagi maktab va Xersondagi ko‘p qavatli uy ham zararlangan.
Ukraina o‘z navbatida Rossiyadagi neft zavodlari va yonilg‘i omborlariga zarba berganini ma’lum qildi. Donetskda esa janglar davom etmoqda, Rossiya ayrim hududlarda oldinga siljishga harakat qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar