Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida 28-avgustdan boshlab ommaviy tartibsizliklar va namoyishlar boshlandi. Mehnat shart-sharoitlari va ish haqlarini yaxshilash talablari bilan ko‘chalarga chiqqan minglab ishchilar shahar infratuzilmasiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi.
Rasmiy xabarlarga ko‘ra, namoyishchilarning talablari mehnat haqini oshirish, ish sharoitini yaxshilash hamda parlamentni qayta tashkil etishga qaratilgan edi. Bu noroziliklar davomida ba’zi metro bekatlari yoqib yuborildi, pulli yo‘l terminallari vayron qilindi va hukumatga tegishli muhim infratuzilma elementlari zarar ko‘rdi.
30-avgust kuni esa Jakarta shahrida jamoat transporti faoliyati qisman to‘xtatildi. Transport harakatiga ta’sir qilishi sababli aholi kundalik harakatini qiyinlashtirdi. Hozirda zararni tiklash va normal harakatni qayta yo‘lga qo‘yish uchun maxsus chora-tadbirlar amalga oshirmoqda. Shahar ko‘chalarida tartibni ta’minlash maqsadida harbiy texnika va qo‘shimcha xodimlar jalb qilindi.
Politsiya va huquqni muhofaza qiluvchi organlar namoyishchilarni nazorat qilish jarayonida bir necha marta ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llashga majbur bo‘ldi. Bu choralar tartibni tiklash va aholi xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgani ta’kidlanmoqda.
Namoyishlarning paydo bo‘lishi ishchilarning ijtimoiy-iqtisodiy talablarini qondirish masalasi bilan bog‘liqligi ma’lum qilindi. Tergov va nazorat organlari voqealarning kelgusida takrorlanmasligi uchun, yuzaga kelgan tartibsizliklar bo‘yicha turlicha surishtiruv olib borishmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar