Latviyaga tashrif buyuradigan O‘zbekiston fuqarolari endi safar maqsadini oldindan rasmiylashtirishi va xabardor qilishi lozim bo‘ladi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, Latviya Immigratsiya to‘g‘risidagi qonuniga yangi o‘zgartishlar kiritildi. Yangi qoidalarga muvofiq, 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tomonidan berilgan Shengen vizasi yoki yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan uchinchi davlat fuqarolari, jumladan O‘zbekiston fuqarolari ham, Latviyaga tashrif buyurganda avvaldan rasmiy xabardor qilish tartibini bajarishi kerak.
Bu tartibga ko‘ra, Latviya rasmiylari tomonidan berilgan viza yoki yashash guvohnomasiga ega bo‘lmagan shaxslar safar qilishlaridan kamida 48 soat oldin eta.gov.lv portali orqali o‘zlari haqida tegishli ma’lumotlarni taqdim etishlari lozim. Bu majburiyat Latviya orqali tranzitda harakatlanayotgan shaxslarga ham tatbiq qilinadi.
Tashrif buyuruvchi shaxs shaxsan o‘zini eta.gov.lv sayti orqali ro‘yxatga olib, taqdim etilgan ma’lumotlarning elektron tasdig‘ini olishi kerak. Bu jarayon Latviya tomonidan shaxsning safar maqsadi va ma’lumotlari rasmiy ravishda qabul qilinganini ta’minlaydi.
Latviya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, taqdim etilishi zarur bo‘lgan ma’lumotlar sirasi quyidagilardan iborat:
safar kirish maqsadi va asosiy sababi;
rejalashtirilgan turish vaqti va manzili;
safar yo‘nalishi va harakat tartibi;
shaxsning aloqa ma’lumotlari;
shaxs yoki uning oila a’zolaridan biri saylanadigan lavozimlarda faoliyat yuritganligi;
saylovlarda nomzod sifatida qatnashgani;
davlat yoki mahalliy hokimiyat organlarida hozirgi yoki sobiq lavozimi;
Qurolli kuchlar, maxsus xizmatlar, chegara qo‘shinlari, bojxona, ichki ishlar, adliya yoki tashqi ishlar vazirligi shu jumladan diplomatik xizmatlardagi faoliyat haqidagi ma’lumotlar.
Agar xorijlik shaxs ushbu ma’lumotlarni taqdim qilmasa yoki noto‘g‘ri va to‘liq bo‘lmagan ma’lumot bersa, u holda ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Yangi qoida diplomatik immunitetga ega shaxslar, rasmiy vazifalarni bajaruvchilar yoki qisqa muddatga texnik qo‘llab-quvvatlash uchun Latviyaga kelayotgan shaxslarga tatbiq qilinmaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar