Malayziyada murakkab va qiyin ahvolga tushib qolgan ikki nafar o‘zbekistonlik fuqaro yaqin kunlarda Vatanimizga olib kelinadi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi ko‘magi bilan deportatsiya markazida vaqtincha saqlanayotgan va og‘ir ahvolga tushib qolgan ushbu ikki o‘zbekistonlik fuqaro “Vatanga qaytarish” tadbiri doirasida qayta olib kelinadi.
Huquq va insonparvarlik asosida tashkil etilgan ushbu ko‘mak 30-iyuldan 30-avgustgacha davom etayotgan aksiya doirasida amalga oshirilyapti. O‘zbekiston elchixonasi xodimlari Malayziya Ichki ishlar vazirligi va Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazi rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu uchrashuvlarda fuqarolarni tez va qulay tarzda vatanga qaytarish masalalari muhokama qilindi.
Shu uchrashuvlar natijasida, deportatsiya markazidagi Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan M.Yu.ni yaqin kunlarda O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Uning pasportining yo‘qligi sababli elchixona tomonidan vatanga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirildi va yaqinlari ko‘magida Kuala-Lumpur—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta xarid qilindi.
Shuningdek, “Vatanga qaytarish” aksiyasi doirasida Kuala-Lumpur shahrida murakkab vaziyatda qolib ketgan Samarqand viloyatida tug‘ilgan J.M.ga ham qo‘shimcha ko‘mak berildi. Diplomatik vakolatxona J.M.ga Malayziya Ichki ishlar vazirligi Migratsiya departamenti tomonidan mamlakatni tark etish uchun maxsus ruxsatnoma olishda amaliy yordam ko‘rsatdi.
Natijada, Kuala-Lumpurdagi ushbu ikki fuqaro tez kunlarda O‘zbekistonga qaytarilib, o‘z oilalari bag‘rida yaqinlari bilan qayta uchrashadi. Bu tadbir nafaqat insonparvarlik, balki Vatan va fuqarolar bilan bog‘liq mustahkam diplomatik aloqalarning yaqqol namunasi hisoblanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar