date

Avstraliyada ikki politsiyachini o‘ldirgan qochqin qidirilmoqda

Avstraliyada ikki politsiyachini o‘ldirgan qochqin qidirilmoqda

Avstraliyaning Viktoriya shtatida ikki politsiyachini o‘ldirganlikda gumon qilinayotgan 56 yoshli Dezzi Friman hanuz qo‘lga olinmagan. U o‘tgan hafta Porepunkah qishlog‘idagi uyida tintuv vaqtida politsiyachilarga qarshilik ko‘rsatib, ularni otib tashlagan.

Friman voqeadan keyin o‘rmonlarga qochib ketgan. Politsiya uni topish uchun bir haftadan beri vertolyot, zirhli mashina va maxsus kuchlarni jalb qilib, katta qidiruv ishlarini olib bormoqda.

Hokimiyat ma’lumotiga ko‘ra, gumonlanuvchiga ayrim odamlar yordam berayotgani aniqlangan. Politsiya ularni ogohlantirib, bu ham og‘ir jinoyat ekanini eslatdi.

Frimanning rafiqasi Amaliya Friman uni taslim bo‘lishga chaqirdi. U, shuningdek, halok bo‘lgan politsiyachilar oilalariga hamdardlik bildirib, oilasining hokimiyatga qarshi qarashlari yo‘qligini aytdi.

Bu voqea Avstraliyada so‘nggi yillarda kuchayib borayotgan hokimiyatga qarshi guruhlar haqida yana savollar tug‘dirdi. Uch yil avval ham Kvinslend shtatida shunga o‘xshash hujumda politsiyachilar halok bo‘lgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avstraliyada ikki politsiyachini o‘ldirgan qochqin qidirilmoqda